遇见数据集

QANDLI DIABETNING 2-TURI MAVJUD YURAK SURUNKALI YETISHMOVCHILIGI BO'LGAN BEMORLARDA KASALLIKNING KECHISH XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-09-27 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Qandli diabetning 2-turi va yurak surunkali yetishmovchiligi zamonaviy tibbiyotda o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan, bemorlarning hayot sifati va prognoziga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi surunkali kasalliklar hisoblanadi. Ushbu maqolada qandli diabetning 2-turi mavjud yurak surunkali yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda kasallikning klinik kechish xususiyatlari, asosiy klinik belgilar, metabolik buzilishlar va yurak-qon tomir tizimidagi o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Qandli diabet fonida giperglikemiya, insulin rezistentligi, endotelial disfunksiya va metabolik buzilishlar miokard faoliyatining yomonlashuviga hamda yurak yetishmovchiligining rivojlanishi va zo‘rayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu bemorlarda jismoniy yuklamaga tolerantlikning pasayishi, hansirash, periferik shishlar, tez charchash va yurak urishining buzilishi kabi klinik belgilar ko‘proq kuzatiladi. Maqolada ikki kasallikning o‘zaro patogenetik bog‘liqligi va kompleks yondashuv asosida davolash hamda kuzatuvning ahamiyati yoritilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-09-27
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务