SHAHAR LANDSHAFTINI YASHILLASHTIRISHNING EKOLOGIK VA IJTIMOIY-IQTISODIY AFZALLIKLARI
收藏资源简介:
Shahar landshaftini yashillashtirish zamonaviy urbanizatsiya sharoitida ekologik muammolarni kamaytirish va aholining turmush sifatini yaxshilashda muhim omillardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada shahar hududlarini ko‘kalamzorlashtirishning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy afzalliklari tahlil qilinadi. Xususan, yashil hududlarning havoni tozalash, haroratni me’yorlashtirish, shovqinni kamaytirish va biologik xilma-xillikni saqlashdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirishning aholining sog‘lig‘i, psixologik holati va ijtimoiy faolligiga ijobiy ta’siri, shahar infratuzilmasi va iqtisodiy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari yashil landshaftlarni rivojlantirish barqaror shahar muhitini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi.



