YOZMA TARJIMA VA UNING XUSUSIYATLARI
收藏资源简介:
Mazkur ishda yozma tarjima, uning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari hamda tarjima jarayonining asosiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Yozma tarjima jarayonida asl matn va tarjima matni o‘rtasidagi munosabat, adekvativ tarjima va ekvivalentlik masalalari muhim o‘rin tutadi. Shuningdek, mazmuniy tarjima va so‘zma-so‘z tarjima o‘rtasidagi farqlar, ularning qo‘llanish holatlari yoritib beriladi. Tadqiqotda tarjima strategiyasi va tarjima usullari, leksik moslik hamda grammatik moslikni ta’minlash masalalari keng ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, muallif uslubi va umumiy stil (uslub)ni saqlash, badiiy tarjima, ilmiy tarjima, texnik tarjima va rasmiy-huquqiy tarjima kabi yo‘nalishlarda o‘ziga xos yondashuvlar talab etilishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, terminologiya, frazeologizmlar va idiomalarni tarjima qilishda yuzaga keladigan muammolar, madaniy moslashuv va kontekstni to‘g‘ri anglash zaruriyati asoslab beriladi. Yozma tarjima jarayonida tahrirlash va redaksiyalash (tuzatish), interpretatsiya qilish kabi bosqichlar tarjima sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, tarjimon mahorati, til me’yorlariga rioya qilish, sinonimlardan to‘g‘ri foydalanish, lingvistika va semantika qonuniyatlarini hisobga olish yozma tarjimaning sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, yozma tarjima murakkab jarayon bo‘lib, unda turli lingvistik va madaniy omillar uyg‘unligi muhim hisoblanadi



