Surxon vohasi bolalar folklorining o'ziga xos lokal belgilari
收藏资源简介:
Ushbu maqolada Surxon vohasida keng tarqalgan bolalar folklori namunalarining o‘ziga xos lokal belgilari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda Surxondaryo viloyati hududlarida saqlanib kelayotgan bolalar o‘yinlari, o‘yin qo‘shiqlari hamda marosimiy folklor unsurlari misolida ularning genezisi, funksional va tarbiyaviy ahamiyati yoritilgan. Xususan, “Gurgurak”, “Bo‘ri keldi”, “Chor po‘choq”, “Otma tayoq”, “Chittigul”, “Chuchvara qaynaydi-yo”, “Oftob chiqdi olamga”, kabi o‘yinlar orqali bolalar folklorining ijtimoiy, ma’naviy va estetik vazifalari ochib berilgan. Shuningdek, bolalar folklori matnlarida uchraydigan toponimlar, dialektizmlar, etnografik birliklar va ramziy obrazlar hududiy xususiyatlarni belgilovchi muhim omillar sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Maqola materiallari Surxon vohasi bolalar folklorining milliy og‘zaki ijod tizimidagi o‘rni va ahamiyatini aniqlashga xizmat qiladi hamda ushbu sohada olib boriladigan keyingi ilmiy tadqiqotlar uchun muhim manba bo‘la oladi.



