遇见数据集

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASDIQLANGAN VA SOTISHGA RUXSAT ETILGAN ANTIBIOTIK DORI VOSITALARINING MIQDORIY TAXLILI VA MONITORINGI

收藏
Zenodo2026-03-17 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Antibiotik dori vositalari bakterial infeksiyalarni davolashda keng qo‘llaniladigan eng muhim farmatsevtik preparatlardan biri hisoblanadi. Ushbu dori vositalarining sifatini, xavfsizligini va terapevtik samaradorligini ta’minlash uchun ularni muntazam ravishda analitik nazorat qilish va monitoring olib borish muhim ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va sotishga ruxsat etilgan ayrim antibiotik dori vositalarining miqdoriy tarkibi zamonaviy analitik usullar yordamida o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (HPLC), UV-Vis spektrofotometriya hamda Karl-Fisher titrlash usullaridan foydalanildi. Olingan natijalar farmakopeya talablariga muvofiqligi bo‘yicha tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatishicha, tekshirilgan antibiotik preparatlarining aksariyati farmakopeya talablari doirasida ekanligi aniqlangan. Shu bilan birga, farmatsevtik bozorni doimiy monitoring qilish dori vositalari sifatini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-03-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务