遇见数据集

Yunon-Rim kurashchilarini taktik tayyorgarligini takomillashtirishda texnik harakatlarni korrektsiyalashning ahamiyati

收藏
Zenodo2026-02-02 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy maqolada yunon-rim kurashchilarning texnik va taktik tayyorgarligini takomillashtirishga doir zamonaviy yondashuvlar tahlil etilgan. Jahon miqyosidagi sport ilm-fani, biomexanika, psixofiziologiya va raqamli diagnostika yo‘nalishlarida olib borilayotgan tadqiqotlar asosida texnik harakatlarning fazali tahlili, mushaklar energetik samaradorligini oshirish, koordinatsiya va muvozanat mexanizmlarini rivojlantirishning ilmiy asoslari yoritilgan.Tadqiqotda sportchilarning texnik repertuarini musobaqa dinamikasiga moslashtirish, harakatlarni real jang sharoitida tezkor korreksiyalash, qaror qabul qilish tezligi va raqib harakatlarini oldindan sezish kabi taktik komponentlarning ahamiyati asoslab berilgan. Trening jarayonida uchraydigan texnik xatolarni aniqlash, ularni videoanaliz, simulyatsiya va individual yondashuv orqali tuzatishning samaradorligi ko‘rib chiqilgan. Maqolada texnik harakatlarni korreksiyalashning videodiagnostika, individual texnika tanlash, sun’iy jangovar vaziyatlar yaratish va namoyishli o‘rgatish kabi usullari ilmiy asoslangan holda tavsiflangan. Tadqiqot natijalari yunon-rim kurashchilarining texnik-taktik salohiyatini oshirishda texnik harakatlarning moslashtirilgan, takomillashgan va barqaror bajarilishi hal qiluvchi omil ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv musobaqalarda yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydigan samarali tayyorgarlik modelini shakllantirishga xizmat qiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-02
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务