遇见数据集

O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI MONETAR TARTIBGA SOLISHDA XITOY MONETAR MODELINI QO'LLASH IMKONIYATLARI

收藏
Zenodo2026-10-01 更新2026-10-01 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotini monetar tartibga solishda Xitoyning pul-kredit siyosati modelidan foydalanish imkoniyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqotda Xitoy Xalq Respublikasi Xalq bankining monetar siyosatni amalga oshirish mexanizmlari, jumladan, foiz stavkalari, majburiy zaxira talablari, ochiq bozor operatsiyalari, qayta moliyalashtirish vositalari, kredit resurslarini ustuvor yo‘nalishlarga yo‘naltirish, valyuta kursini boshqarish va makroprudensial tartibga solish instrumentlari tahlil qilingan. O‘zbekistonning amaldagi inflyatsion targetlash tizimi va Xitoy modeli o‘rtasidagi institutsional hamda makroiqtisodiy farqlar aniqlangan. Tahlil natijalari Xitoy tajribasining ayrim elementlarini, xususan, likvidlikni boshqarishning ko‘p instrumentli tizimi, strukturaviy monetar vositalar, kredit oqimlarini iqtisodiyotning ustuvor segmentlariga yo‘naltirish hamda makroprudensial siyosatni pul-kredit siyosati bilan uyg‘unlashtirish O‘zbekiston sharoitida qo‘llanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq Xitoyning boshqariladigan valyuta kursi va kuchli davlat ishtirokiga asoslangan mexanizmlarini to‘liq ko‘chirish O‘zbekistonning inflyatsion targetlash va bozor mexanizmlarini rivojlantirish yo‘nalishiga zid kelishi mumkin. Shu sababli maqolada “to‘liq nusxa ko‘chirish” emas, balki Xitoy tajribasining moslashuvchan va bozor tamoyillariga mos elementlarini bosqichma-bosqich joriy etish konsepsiyasi taklif etiladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-01
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务