遇见数据集

KREDITLASH SAMARADORLIGINI RISK VA DAROMADLILIKNING OPTIMAL NISBATIGA ASOSLANGAN HOLDA BAHOLASH

收藏
Zenodo2026-08-14 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur tezisda tijorat banklarida kreditlash samaradorligini baholashda risk va daromadlilikning o‘zaro nisbatini hisobga olish zarurati ilmiy jihatdan asoslangan. Kreditlash amaliyotini faqat foizli daromadlar, kredit portfeli hajmi yoki rentabellik ko‘rsatkichlari asosida baholash kredit operatsiyalarining real iqtisodiy samaradorligini to‘liq ifodalamasligi ko‘rsatib berilgan. Kredit risklari, kutilayotgan yo‘qotishlar, kredit portfeli sifati, kapital qiymati va kreditlardan olinadigan daromadni yagona tizimda baholash asosida riskka moslashtirilgan samaradorlik yondashuvi taklif etilgan. Risk va daromadlilikning optimal nisbatini aniqlash orqali tijorat banklarida kredit resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy takliflar ishlab chiqilgan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-14
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务