Motor afaziyada nutq buzilishining asosiy belgilari
收藏资源简介:
Ushbu maqola motor afaziyaning klinik belgilari, tashxis va reabilitatsiya yondashuvlarini ilmiy jihatdan kengaytirib, neyrolingvistik va logopedik yondashuvlarni tizimli tarzda yoritadi.Motor afaziya bilan og‘rigan bemorlarning artikulyatsiyasi buziladi, tovushlar chala-chulpa va notekis talaffuz qilinadi, nutqni qayta takrorlash va so‘zlarni ketma-ketlikda hosil qilishda qiyinchiliklar yuzaga keladi. Shu bilan birga, bemorlarning o‘qish va yozish qobiliyati ham og‘zaki nutq bilan bog‘liq tarzda buziladi: yozma matnlar qisqa, grammatik jihatdan to‘liq bo‘lmagan shaklda ifodalanadi. Motor afaziya bemorda frustratsiya, depressiya va ijtimoiy izolyatsiya kabi psixologik-emotsional holatlarni yuzaga keltiradi. Diagnostika jarayonida nutq davomiyligi va ravonligi, artikulyatsiya va grammatik tuzilma, nutqni tushunish hamda o‘qish va yozish qobiliyati baholanadi. Reabilitatsiyada esa nutq terapiyasi, yodlash mashqlari, semantik-leksik ishlanmalar va kommunikatsiya strategiyalari qo‘llaniladi.



