O'ZBEKISTONDA AGROKLASTERLARNI RIVOJLANTIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Ushbu tezisda O‘zbekistonda agroklasterlarni rivojlantirishning iqtisodiy ahamiyati atroflicha tahlil qilinadi. Agroklasterlar qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va eksport salohiyatini kuchaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda agroklasterlarning iqtisodiy o‘sishga ta’siri, investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari hamda bandlikni ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, klaster tizimini joriy etish orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini mustahkamlash, fermer xo‘jaliklari va qayta ishlash korxonalari o‘rtasidagi integratsiyani chuqurlashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida agroklasterlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun institutsional va iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Natijalar agroklasterlarning mamlakat iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirishdagi asosiy omil ekanligini ko‘rsatadi.



