SURUNKALI APIKAL PERIODONTITDA ILDIZ KANALI MIKROBIOTASIGA QARSHI BIOAKTIV SHISHANING ANTIMIKROB SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Surunkali apikal periodontit endodontik amaliyotda eng ko‘p uchraydigan yallig‘lanish kasalliklaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishida ildiz kanali tizimida joylashgan mikroorganizmlar asosiy etiologik omil hisoblanadi. An’anaviy endodontik davolashning asosiy maqsadi mikroblarni bartaraf etish va periapikal to‘qimalarning regeneratsiyasini ta’minlashdan iborat. So‘nggi yillarda bioaktiv shisha o‘zining osteokonduktiv, osteostimulyator va antimikrob xususiyatlari tufayli regenerativ stomatologiyada keng qo‘llanila boshladi. Bioaktiv shisha mikroorganizmlarga qarshi ta’sir ko‘rsatib, ildiz kanallarida bakterial kolonizatsiyani kamaytirishi hamda davolash samaradorligini oshirishi mumkin. Ushbu tadqiqotning maqsadi surunkali apikal periodontitda uchraydigan ildiz kanali mikrobiotasiga nisbatan bioaktiv shishaning antimikrob samaradorligini baholash va uning endodontik davolashdagi ahamiyatini aniqlashdan iborat. Olingan natijalar bioaktiv shishaning mikroblarga qarshi faol ta’sirga ega ekanligini hamda periapikal to‘qimalarning sog‘ayish jarayonini tezlashtirishga yordam berishini ko‘rsatadi.



