TA'LIM JARAYONIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
收藏资源简介:
Ushbu tadqiqotning maqsadi ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish samaradorligini aniqlashdan iborat. Tadqiqotda interaktiv, vizual va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va qiziqishlariga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, o‘qituvchilarning pedagogik texnologiyalarni qo‘llashdagi amaliy tajribasi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari zamonaviy metodlarni qo‘llash orqali ta'lim sifatini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. O‘quvchilarning o‘zini-o‘zi boshqarish va mustaqil ishlash ko‘nikmalari yaxshilanishi kuzatildi. Shu bilan birga, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi ushbu texnologiyalarning maktab ta'limida qo‘llanilishining samarali usullarini aniqlashdan iborat. Amaliy ahamiyati esa o‘qituvchilarga dars jarayonini interaktiv va qiziqarli qilishda yordam beradi.



