遇见数据集

SOLIQ YUKINI OPTIMALLASHTIRISH VA IQTISODIY O'SISHNI RAG'BATLANTIRISH

收藏
Zenodo2026-08-10 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada soliq yukini optimallashtirish masalasi va uning iqtisodiy o'sishga ta'siri tahlil qilinadi. Maqolada soliq stavkalarini kamaytirish orqali iqtisodiy faollikni rag'batlantirish, soliq bazasini kengaytirish va byudjet tushumlarini oshirish mexanizmlari ko'rib chiqiladi. Laffer egri chizig'i nazariyasi asosida soliq yukining iqtisodiy jarayonlarga ta'siri tushuntiriladi. O'zbekiston Respublikasida so'nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari, jumladan qo'shilgan qiymat solig'i, ijtimoiy soliq va foyda solig'i stavkalarining kamaytirilishi natijalari tahlil qilinadi. Maqolada soliq yukini optimallashtirishning investitsion muhitga, bandlikka, soyali iqtisodiyotni qisqartirishga va soliq to'lovchilar sonini oshirishga ta'siri yoritiladi. Shuningdek, soliq imtiyozlarining samaradorligini baholash va soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish masalalari ko'rib chiqiladi. Maqola yakunida soliq yukini maqbul darajada saqlab, iqtisodiy o'sishni barqaror ta'minlash bo'yicha amaliy tavsiyalar beriladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-10
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务