BOSHLANG`ICH TA`LIMDA ONA TILI FANINI O`QITISHDA STEAM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH ASOSLARI
收藏资源简介:
Mazkur ilmiy-metodik ishda boshlang`ich ta`lim bosqichida onatili fanini o`qitish jarayonida STEAM (Science,Technalogy,Engineering,Art,Mathematics) texnologiyalaridan foydalanishning nazariy-metodologik asoslari hamda uni amaliyotga joriy etish masalalari atroflicha tahlil qilingan. Zamonaviy ta`lim tizimida o`quvchilarda faqat tilga oid bilimlarni shakllantirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning ijodiy fikrlash, mustaqil tahlil qilash, muloqotga kirishish va raqamli savodxonlik ko`nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.Annotatsiyada ona-tili fanini fanlararo integratsiya asosida o`qitish imkoniyatlari yoritilib, STEAM yondashuvi orqali o`quvchilarning nutqiy faolligini oshirish, til birliklarini hayotiy vaziyatlar bilan bog`lab o`rganish, ijodiy topshiriqlar va raqamli vositalardan foydalanish masalalari asoslab berilgan.Shuningdek, loyiha ishlari, vizual materiallar, interaktiv texnologiyalar va ijodiy faoloyatga asoslangan usullar orqali ona tili darslarining samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko`rsatib o`tilgan.



