遇见数据集

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI MA'NAVIY-MA'RIFIY FAOLIYATGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

收藏
Zenodo2026-08-12 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasining mazmuni va metodik asoslari yoritiladi. Muallif mazkur texnologiyani Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-pedagogik qarashlariga tayangan holda tarbiyaviy faoliyatni loyihalash, qadriyatlarni boshlang'ich ta'lim mazmuniga singdirish, o'quvchi shaxsiga insonparvar yondashish va o'z faoliyatini refleksiv baholash ko'nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantiruvchi yaxlit metodik tizim sifatida ta'riflaydi. Innovatsiya tushunchasining lug'aviy va mazmuniy talqinlari tahlil qilinib, Sharq merosini tarixiy-nazariy ma'lumot emas, balki amaliyotga tatbiq etiladigan tarbiyaviy resurs sifatida qo'llash zarurligi asoslanadi. Talabalarning ilmiy manbalar, arxiv, muzey va xalq og'zaki ijodi materiallari bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish masalasi ko'rib chiqiladi. Xulosada texnologiya shaxsga yo'naltirilgan, kompetensiyaviy, innovatsion va qadriyatga asoslangan yondashuvlar uyg'unligida tashkil etilishi lozimligi ta'kidlanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务