HUQUQIY TA'LIMDA TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH: O'ZBEKISTON TAJRIBASI VA XALQARO TENDENSIYALAR
收藏资源简介:
Bugungi kunda raqamli transformatsiya global miqyosda barcha sohalarga kirib bormoqda. Tibbiyot, moliya, ta’lim — bularning barchasida texnologiya endilikda muhim vositadan zaruriy shart-sharoitga aylanishga ulgurdi. Bu o‘zgarishlar huquq sohasida ham allaqachon ro‘y berib boshlagan. Yuridik kasb va ta’lim jarayonlariga sun’iy intellekt va Legal Tech vositalari kirib kelishi nafaqat amaliyotchilarning ishini o‘zgartirmoqda, balki huquqiy ta’limning yo‘nalishini qayta belgilamoqda. O‘zbekiston uchun esa bu jarayon alohida ahamiyat kasb etadi: mamlakatda 39 million aholi va 1 million 208 mingdan ortiq ro‘yxatdan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlari mavjud bo‘lgan holda, atigi 7205 lisenziyalangan advokat faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu raqam o‘z-o‘zidan texnologik yechimlarning naqadar zarurligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.



