UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA INGLIZ TILINI O'YINLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O'QITISH
收藏资源简介:
Hozirgi davr ta’lim tizimida ingliz tilini samarali o‘qitish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otish va ularning til o‘rganish jarayonini yengillashtirish uchun o‘yinli texnologiyalar muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada o‘yin asosida o‘qitish metodlarining umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi amaliy qo‘llanilishi, ularning afzalliklari va ta’lim jarayoniga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘yinli yondashuvlar o‘quvchilarning muloqot, eslab qolish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, maqolada o‘yinli texnologiyalarni qo‘llashda o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va dars samaradorligini oshirish uchun zarur sharoitlar haqida fikr yuritiladi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, o‘yinli texnologiyalar o‘quv jarayonini faollashtiradi, o‘quvchilarning motivatsiyasini kuchaytiradi hamda ingliz tili darslarini zamonaviy talablar asosida tashkil etishga xizmat qiladi.



