GOSPITAL TA'LIMDA YUQORI SINF O'QUVCHILARINING MATEMATIK MOTIVATSIYASINI SAQLAB QOLISH OMILLARI VA PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada gospital maktab sharoitida, xususan, ogʻir onkogematologik kasalliklar bilan uzoq muddat shifoxonada davolanayotgan yuqori sinf oʻquvchilarining matematika faniga boʻlgan motivatsiyasini saqlab qolish masalalari amaliy pedagogik tajriba asosida yoritilgan. Shifoxona muhitidagi uzoq muddatli izolyatsiya va ogʻriqli muolajalar oʻsmirlarning kognitiv qobiliyatlari hamda hissiy holatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi tahlil qilingan. Maqolada matematika darslarining oʻziga xos terapevtik va chalgʻituvchi funksiyalari koʻrsatib berilgan hamda oʻquvchilar motivatsiyasiga ta'sir etuvchi psixologik, ijtimoiy-perspektiv va kommunikativ omillar tizimlashtirilgan. Shifoxona maktabi amaliyotidan kelib chiqib, dars jarayoniga intellektual oʻyinlar, moslanuvchan (elastik) dars jadvali va shaxsga yoʻnaltirilgan bosimsiz ta'lim muhitini joriy etishning qat'iy pedagogik shart-sharoitlari majmuasi asoslab berilgan. Taklif etilayotgan metodik yondashuvlar ogʻir bemor bolalarning nafaqat bilim olishini ta'minlash, balki ularning ijtimoiy-psixologik adaptatsiyasi va ruhiy reabilitatsiyasini jadallashtirishga xizmat qiladi.



