TEOLINGVISTIKANING METODOLOGIK VA GNOSEOLOGIK ASPEKTLARI
收藏资源简介:
Zamonaviy ilmiy tafakkur taraqqiyotida fanlararo integratsiya jarayonlarining kuchayishi natijasida til, madaniyat va din o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqalarni o‘rganishga qaratilgan yangi ilmiy yo‘nalishlar shakllanmoqda. Ana shunday yo‘nalishlardan biri bo‘lgan teolingvistika til va diniy tafakkur, diniy ong, e’tiqod hamda diniy kommunikatsiya o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga ixtisoslashgan fanlararo soha sifatida rivojlanmoqda. Ushbu yo‘nalish lingvistika, dinshunoslik, falsafa, madaniyatshunoslik, semiotika va kommunikatsiya nazariyasining kesishgan nuqtasida shakllanib, diniy matnlar, ibodat nutqi, diniy terminologiya, diniy diskurs va diniy ramzlarning til orqali ifodalanish mexanizmlarini ilmiy jihatdan tahlil qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.



