遇见数据集

INSON RUHIYATINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING MILLIY-MADANIY XUSUSIYATLARI

收藏
Zenodo2026-01-12 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur ilmiy tadqiqot inson ruhiyatini ifodalovchi til birliklarining milliy-madaniy xususiyatlarini chuqur va har tomonlama o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda insonning ichki kechinmalari, hissiy holatlari, ruhiy jarayonlari va psixologik holatini ifodalovchi leksik birliklar, frazeologizmlar, metaforalar hamda maqol va matallarning til tizimidagi o‘rni va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu birliklarning shakllanishi va rivojlanishida xalqning tarixiy taraqqiyoti, an’ana va urf-odatlari, diniy e’tiqodlari, milliy tafakkuri hamda madaniy qadriyatlarining ta’siri alohida e’tiborga olinadi. Jarayonida til va madaniyatning uzviy bog‘liqligi, inson ruhiyati bilan bog‘liq tushunchalarning milliy dunyoqarash asosida til vositasida ifodalanishi yoritib beriladi. Inson ruhiyatini ifodalovchi birliklarning emotsional-ekspressiv bo‘yoqlari, baholovchanlik xususiyatlari hamda ramziy ma’nolari lingvomadaniy va psixolingvistik yondashuvlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu birliklarning turli tillarda ifodalanishidagi umumiylik va farqli jihatlar qiyosiy-tavsifiy metodlar orqali aniqlanadi. Tadqiqot natijalari inson ruhiyatining til orqali milliy-madaniy talqinini ochib berishga xizmat qiladi hamda lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika va tarjima nazariyasi kabi sohalarning rivojiga muhim ilmiy-amaliy hissa qo‘shadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-12
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务