ZAMONAVIY JAMIYATDA MEDIA SAVODXONLIGINING AHAMIYATI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada mediasavodxonlikning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati va axborotning ijtimoiy hayotga ko‘rsatadigan ta’siri yoritiladi. Unda odamlarning media orqali tarqalayotgan ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilishi, tekshirishi va tanqidiy fikrlashi zarurligi ta’kidlanadi. Shuningdek, axborotning shaxs ongiga, jamiyat taraqqiyotiga va ijtimoiy munosabatlarga ta’siri tahlil qilinadi. Maqola mediasavodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali yolg‘on xabarlar, manipulatsiya va axborot xurujlaridan himoyalanishning samarali yo‘llarini ko‘rsatib beradi.Qolaversa, media savodxonlikning jamiyatdagi zaruriyati va ahamiyati haqida ilmiy nazariy qarashlar berilgan. Tahlillarimiz davomida media ta’lim, media o‘rganish va media savodxonlik atamalariga keng to‘xtalib o‘tilgan.



