MAKTABGACHA TA'LIMDA STEAM VA NANOTEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTEGRATIV TA'LIMNI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYALARI
收藏资源简介:
Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida STEAM yondashuvi va nanotexnologiya elementlarini o'zaro bog'lagan holda integrativ ta'lim jarayonini tashkil etish masalalari yoritilgan. Tadqiqotning yangiligi shundaki, unda an'anaviy nano-tushuncha o'rgatish usullaridan farqli o'laroq, ekrandan mustaqil, jismoniy manipulyatsiyaga asoslangan (tangible) dasturlash vositalari — xususan, robototexnika konstruktorlari misolida bolalarda hisoblash tafakkuri (computational thinking) va muhandislik tasavvurini shakllantirish imkoniyatlari xorijiy empirik tadqiqotlar natijalari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi talablari nanotexnologik-integrativ mashg'ulotlar mazmuni bilan qanday uyg'unlashtirilishi mumkinligi ko'rsatib berilgan. Maqolada ilmiy-amaliy ahamiyatga molik jadval va bosqichli metodika taqdim etilgan.



