遇见数据集

REANIMATSIYA VA JARROHLIK BO'LIMLARIDA HAVO ORQALI YUQADIGAN GOSPITAL INFEKSIYALARNI KAMAYTIRISHDA HEPA-FILTRLARNING GIGIYENIK AHAMIYATI

收藏
Zenodo2026-01-21 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Reanimatsiya va jarrohlik bo‘limlari shifoxona ichki infeksiyalari, ayniqsa havo orqali yuqadigan patogenlar tarqalishi nuqtayi nazaridan yuqori xavfli hududlar hisoblanadi. Ushbu maqolada reanimatsiya va jarrohlik bo‘limlarida havo muhitining gigiyenik holatini yaxshilash hamda gospital infeksiyalar xavfini kamaytirishda HEPA-filtrli ventilyatsiya tizimlarining ahamiyati tahlil qilindi. Tadqiqot tahliliy usulda olib borilib, zamonaviy ilmiy adabiyotlar va sanitariya-gigiyena me’yorlari asosida HEPA-filtrlar qo‘llanilishining samaradorligi baholandi. Olingan natijalar HEPA-filtrlar bilan jihozlangan xonalarda havo mikroblanish darajasi va havo orqali yuqadigan infeksiyalar xavfi sezilarli darajada kamayishini ko‘rsatdi. HEPA-filtrlar reanimatsiya va jarrohlik bo‘limlarida kompleks infeksiya nazorati tizimining muhim gigiyenik elementi hisoblanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-21
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务