MAKTABGACHA TA'LIM PEDAGOGLARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, refleksiv pedagogika, uzluksiz kasbiy rivojlanish (Continuous Professional Development – CPD), raqamli pedagogika hamda innovatsion ta'lim texnologiyalarining pedagog faoliyati samaradorligini oshirishdagi o'rni yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri sifatida pedagogning kasbiy kompetentligi xalqaro tadqiqotlar hamda UNESCO, UNICEF va OECD tomonidan ilgari surilgan zamonaviy ta'lim konsepsiyalari asosida baholangan. Maqolada O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, davlat ta'lim standartlari va pedagoglarning malakasini oshirish mexanizmlari tahlil qilinadi.



