ONA TILI DARSLARIDA METODIK TADQIQOT NATIJALARINI AMALIYOTGA TATBIQ ETISH YO'LLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada ona tili darslarida olib borilgan metodik tadqiqotlar natijalarini ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish yo‘llari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida ona tili o‘qitish metodikasiga oid ilmiy adabiyotlar tahlil qilinib, maktab ta’limi amaliyotida metodik yondashuvlarning qo‘llanishi pedagogik kuzatuvlar asosida o‘rganildi. Maqolada interaktiv metodlar, kommunikativ yondashuvlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ona tili darslaridagi samaradorligi asoslab berildi. Tadqiqot natijalari metodik izlanishlar asosida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarning nutqiy kompetensiyasi, mustaqil fikrlash qobiliyati hamda til ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatdi. Shuningdek, metodik tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etishda o‘qituvchining kasbiy mahorati, darsni rejalashtirish va metodlarni to‘g‘ri tanlash muhim omil sifatida e’tirof etildi.



