five

ATEROSKLEROZ RIVOJLANISHIDA LIPID ALMASHINUVI BUZILISHLARINING O'RNI VA MEXANIZMLARI

收藏
DataCite Commons2026-05-05 更新2026-05-07 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20040441
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Ateroskleroz va yurak-qon tomir kasalliklari global o'lim ko'rsatkichlarining asosiy sababchisi bo'lib qolmoqda. Ushbu patologik jarayonning fundamental asosida lipid almashinuvi buzilishlari — dislipidemiya yotadi. Mazkur maqolada dislipidemiya turlarining aterogenlik salohiyati, endotelial disfunksiya mexanizmlari, past zichlikdagi lipoproteinlarning (PZL) oksidlanishi va surunkali yallig'lanish kaskadining aterosklerotik blyashka shakllanishidagi roli batafsil ko'rib chiqilgan. Qon plazmasida PZL va triglitseridlarning ortishi hamda yuqori zichlikdagi lipoproteinlarning (YZL) kamayishi subendotelial bo'shliqda lipidlar infiltratsiyasi va oksidlovchi stressga olib kelishi ko'rsatib o'tilgan. Shuningdek, makrofaglar tomonidan oksidlangan PZL ning scavenger retseptorlari orqali yutilishi natijasida ko'pik hujayralarning shakllanishi, yallig'lanish mediatorlari sintezining faollashuvi va natijada beqaror aterosklerotik blyashkalarning yuzaga kelishi bosqichma-bosqich tahlil qilingan. Xulosa o'rnida, o'tkir qon-tomir asoratlarini (miokard infarkti, insult) kamaytirish maqsadida lipid profilini muntazam nazorat qilish, sog'lom turmush tarzi va zamonaviy gipolipidemik terapiyani (statinlar, ezetimib, PCSK9 ingibitorlari) kompleks qo'llashning klinik ahamiyati yoritib berilgan.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-05
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务