INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA LOVE VA MUHABBAT UNIVERSAL KONSEPTLARINING LEKSIK- FRAZEOLOGIK IFODALANISHI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada til va tafakkur o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik zamonaviy tilshunoslik, xususan, lingvomadaniyatshunoslik, kognitiv tilshunoslik va psixolingvistika nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotning markaziy obyekti sifatida universal konseptlardan biri – love / muhabbat konsepti tanlangan. Ishda konsept tushunchasining nazariy asoslari, uning til, tafakkur va madaniyat tizimidagi o‘rni ilmiy manbalar asosida yoritilgan. Shuningdek, love konseptining ingliz tilidagi leksikografik talqini izohli, etimologik, sinonimik va frazeologik lug‘atlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda konseptning semantik yadrosi, periferik ma’nolari, emotsional intensivligi va madaniy kontekstdagi ifodalanish xususiyatlari aniqlanadi. O‘zbek tilida muhabbat konseptining ifodalanishi milliy mentalitet, axloqiy qadriyatlar va lingvokulturologik xususiyatlar nuqtai nazaridan ko‘rib chiqiladi. Leksik-frazeologik tahlil, sinonimlar tizimi va badiiy matndagi (masalan, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”) konseptual realizatsiya muhabbatning universal va madaniy jihatdan boy mazmunini ochib beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, muhabbat konsepti inson tafakkuri, hissiy tajribasi va madaniy qadriyatlarning uzviy birligidir.



