遇见数据集

ZAMONAVIY INGLIZ TILIDA VIJDON TUSHUNCHASINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK VOSITALAR

收藏
Zenodo2026-01-29 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada zamonaviy ingliz tilida vijdon tushunchasini ifodalovchi frazeologik birliklarning semantik, madaniy va axloqiy xususiyatlari tahlil qilinadi. Vijdon — insonning ichki axloqiy nazoratchisi sifatida, o‘z xatti-harakatlariga baho berish mezoni hisoblanadi. Ingliz tilida ushbu tushuncha “clear conscience” (toza vijdon), “weigh on one’s conscience” (vijdon azobi bilan yashamoq), “prick one’s conscience” (vijdonni qiynamoq) kabi frazeologik vositalar orqali ifodalanadi. Tadqiqot davomida ushbu iboralar semantik guruhlar asosida o‘rganilib, ular orqali ingliz xalqining axloqiy qarashlari, halollik va javobgarlik haqidagi tasavvurlari yoritiladi. Maqolada frazeologizmlarning lingvokulturologik mazmuni, ya’ni ularning madaniy, diniy va adabiy ildizlari ham tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ingliz tilidagi vijdon bilan bog‘liq frazeologizmlar faqat tildagi barqaror birikmalar emas, balki xalqning axloqiy va madaniy tafakkurining in’ikosi sifatida namoyon bo‘ladi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-01-29
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务