遇见数据集

QORAQALPOGʻISTON SHAROITIDA RASTAROPSHA (SILYBUM MARIANUM) DORIVOR O'SIMLIGINI YETISHTIRISH

收藏
Zenodo2026-08-19 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya: Rastaropsha (Silybum marianum) -dorivor o‘simlik sifatida keng tarqalgan va ko‘plab foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan bir yillik o‘simlikdir. Ushbu tadqiqot Qoraqalpogʻiston sharoitida rastaropsha yetishtirish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Mintaqaning iqlimi, tuproq xususiyatlari va agrotexnologiyasi sharoitlari, bu o‘simlikni muvaffaqiyatli yetishtirish uchun muhim omillardir. Tadqiqotda rastaropshaning biologik xususiyatlari, yetishtirish texnologiyalari, zararkunandalarga qarshi kurash usullari va hosilni qayta ishlash jarayonlari batafsil tahlil qilinadi. Qoraqalpogʻistonning iqlim sharoitlari, ayniqsa qurg‘oqchilikka bardoshli bo‘lganligi sababli, bu o‘simlikni ekish uchun qulay hisoblanadi. Shuningdek, rastaropsha urug‘ining yuqori sifatli dorivor moddalar manbai sifatida ahamiyati taqidlanadi. Ushbu tadqiqot natijalari Qoraqalpogʻistonda rastaropsha ekishni jadal rivojlantirishga, mahalliy aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga va dorivor o‘simliklar ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashga xizmat qiladi. Natijada, mintaqa iqtisodiyotini mustahkamlash va aholi salomatligini yaxshilashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-19
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务