TA'LIM MUASSASALARIDA BOSHQARUV TIZIMI VA XODIMLARNI BOSHQARISH MEXANIZMLARINING SAMARADORLIGI: NAZARIY TAHLIL VA EMPIRIK TADQIQOT NATIJALARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada ta’lim muassasalarida boshqaruv tizimlarining tipologiyasi va xodimlarni boshqarish mexanizmlarining samaradorligi nazariy va empirik jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi - xalqaro tajriba va milliy amaliyot asosida O‘zbekiston ta’lim tizimi uchun optimal boshqaruv modelini asoslashdan iborat. Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy-institutsional tahlil va empirik so‘rov (n=129, 2024‑2025 o‘quv yili) usullarining uyg‘unligiga asoslangan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonda xodimlarni boshqarish mexanizmlarining bir qator ko‘rsatkichlari (raqamli boshqaruv, baholash tizimlari, natijaga bog‘liq rag‘batlantirish) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) o‘rtacha ko‘rsatkichlaridan sezilarli darajada past. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston uchun “ikki darajali (dual-track)” gibrid boshqaruv modeli taklif etilgan bo‘lib, unga ko‘ra markaziy darajada sifat standartlari saqlanadi, muassasa darajasida esa kadrlar va moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha kengroq mustaqillik beriladi. Xulosalar ta’lim boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



