遇见数据集

TIPIK BO'Z TUPROQLARDA AMINOKISLOTALAR SONI VA KINOA O'SIMLIGI

收藏
Zenodo2026-05-13 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada tipik bo‘z tuproqlarning agroximik xususiyatlari, undagi aminokislotalar miqdori va ularning kinoa o‘simligi rivojlanishiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida tuproq unumdorligini oshirish va ekologik barqaror ekinlarni yetishtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, kinoa o‘simligi yuqori oziqaviy qiymati, qurg‘oqchilikka chidamliligi va turli tuproq sharoitlariga moslashuvchanligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida tipik bo‘z tuproqlardagi aminokislotalar tarkibi, organik moddalarning aylanishi va ularning o‘simlik o‘sishiga ta’siri o‘rganildi. Shuningdek, kinoa o‘simligining biologik xususiyatlari, oziqaviy tarkibi va ekologik afzalliklari yoritildi. Tadqiqot natijalari tipik bo‘z tuproqlarda aminokislotalarning yetarli miqdorda bo‘lishi kinoa hosildorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini isbotladi. Maqolada tuproq unumdorligini oshirishda biologik va agrotexnik tadbirlarning ahamiyati ham muhokama qilindi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-13
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务