Raqamlashtirish sharoitida talabalarning huquqiy madaniyatini rivojlantirish usullari
收藏资源简介:
Muallif tomonidan mazkur maqolada raqamlashtirish sharoitida talabalarning huquqiy madaniyatini rivojlantirish usullari tizimli tarzda tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga keng joriy etilishi huquqiy ongni oshirishda yangi pedagogik imkoniyatlarni yaratmoqda. Tadqiqotda raqamli platformalar, interaktiv metodlar hamda onlayn ta’lim resurslari orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, yuzma-yuz va masofaviy ta’lim shakllarining uyg‘unligi huquqiy bilimlarning chuqur va mustahkam egallanishiga ta’sir etuvchi omil sifatida e’tirof etildi. Maqolada zamonaviy texnologiyalar bilan pedagogik yondashuvlarni integratsiyalash va psixologik omillarni hisobga olish zarurligi ta’kidlanib, huquqiy madaniyatni rivojlantirishda innovatsion usullarning ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim sohasida raqamlashtirish jarayonlarini samarali tashkil etish hamda yosh avlodni huquqiy bilim va qadriyatlar bilan boyitishda amaliy ahamiyatga ega.



