TURIZM SOHASINING IQTISODIYOTDAGI O'RNI: STATISTIK TAHLIL
收藏资源简介:
Ushbu maqolada O‘zbekiston turizm sohasining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni 2020–2024-yillar rasmiy statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda dinamika qatorlari ko‘rsatkichlari (mutlaq qo‘shimcha o‘sish, zanjirsimon va bazis o‘sish sur’atlari, o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati), tavsifiy statistika, Pirson va Spirmen korrelyatsiya koeffitsientlari hamda ularning Styudent t-mezoni bo‘yicha ahamiyatliligi, juft chiziqli va logarifmik regressiya modellari, shuningdek, trend asosida prognozlash usullari qo‘llanildi. Natijalar YaIM bilan turizm ko‘rsatkichlari o‘rtasida zich musbat bog‘lanish mavjudligini ko‘rsatdi (r = 0,900–0,979), biroq o‘sish sur’atlari bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruv bu bog‘lanishning katta qismi umumiy o‘sish trendi bilan izohlanishini aniqladi. Maqolada olingan natijalarning statistik cheklovlari va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rsatib o‘tilgan.



