OʻZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SOʻZ OʻYINLARINING PRAGMATIK FUNKSIYALARI VA LINGVOPRAGMATIK XUSUSIYATLARI: QIYOSIY TAHLIL
收藏资源简介:
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillarida uchraydigan so‘z o‘yinlarining pragmatik funksiyalari hamda lingvopragmatik xususiyatlari qiyosiy nuqtai nazardan tadqiq etiladi. So‘z o‘yinlari faqat estetik yoki stilistik vosita sifatida emas, balki kommunikativ maqsadni amalga oshirish, nutq ta’sirchanligini oshirish va adresatga pragmatik ta’sir ko‘rsatishning samarali mexanizmi sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ingliz va o‘zbek tillaridagi badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalari, reklama matnlari hamda kundalik nutq namunalaridan foydalanildi. Qiyosiy tahlil natijasida ingliz tilida fonetik va leksik omonimiyaga asoslangan so‘z o‘yinlari ustunligi, o‘zbek tilida esa frazeologik transformatsiya, affiksal imkoniyatlar hamda milliy-madaniy konnotatsiyaga asoslangan pragmatik birliklarning faol qo‘llanishi aniqlandi. Shuningdek, maqolada so‘z o‘yinlarining kommunikativ strategiya, implikatura hosil qilish, humor yaratish va diskursni boshqarishdagi o‘rni yoritildi. Olingan natijalar qiyosiy tilshunoslik, pragmalingvistika hamda tarjimashunoslik sohalarida yangi ilmiy xulosalarni shakllantirish imkonini beradi. (ScienceDirect)



