OLTIN TARKIBLI SULFIDLI RUDALARNI FLOTATSION BOYITISHDA MINERALOGIK VA FIZIK-KIMYOVIY OMILLARNING ROLI
收藏资源简介:
Mazkur ish oltin tarkibli sulfidli rudalarni flotatsiya usulida boyitish jarayonining samaradorligini belgilovchi mineralogik va fizik-kimyoviy omillarni kompleks baholashga bag‘ishlangan. Oltinning erkin zarracha, elektum hamda pirit va arsenopirit kabi sulfid minerallari bilan bog‘langan shakllarda uchrashi flotatsiya mexanizmini murakkablashtiradi [1, 2]. Shu sababli reagent tanlashni faqat kollektor xossalari bilan cheklash emas, balki oltinning mineral shakli, zarracha o‘lchami, mineral yuzasining holati, maydalash muhiti, butana pH va oksidlanish-qaytarilish sharoitlarini birgalikda hisobga olish talab etiladi [3, 4]. Tadqiqotda mineralogik diagnostika va laboratoriya flotatsiyasini o‘zaro bog‘lash orqali oltinning chiqindiga o‘tish sabablarini aniqlash va keyinchalik yangi reagentlar uchun ilmiy asoslangan reagent rejimini ishlab chiqish nazarda tutiladi [5, 6].



