VADUD MAHMUDNING MUNAQQIDLIK FAOLIYATI
收藏资源简介:
Maqolada Vadud Mahmudning o‘zbek adabiyotshunosligidagi o‘rni va uning munaqqid sifatidagi faoliyati tahlil qilinadi. Muallif Vadud Mahmudning ilmiy shakllanishi, o‘z davrining yetuk adiblarini baholashdagi mustaqil yondashuvi, badiiy va ijtimoiy mezonlarga asoslangan tanqidiy qarashlari hamda adabiyot tarixiga qo‘shgan hissasini yoritadi. Maqolada uning turk va rus adabiyoti bilan tanishuvi, zamondosh adiblar — Cho‘lpon, Fitrat, Abdulla Qodiriy, Siddiqiy Ajziy va boshqalar ijodini baholashdagi prinsipialligi, shuningdek, Alisher Navoiy va Fuzuliy Bagʻdodiy ijodini tahlil qilishdagi yondashuvi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot Vadud Mahmudning adabiy tanqidda tarixiylik, badiiylik, ijtimoiylik va ilmiy xolislik tamoyillarini uyg‘unlash orqali o‘zbek adabiyotshunosligiga qo‘shgan hissasini yoritadi.



