遇见数据集

YOSHGA BOG'LIQ BEPUSHTLIK: PROFILAKTIKA VA BOSHQARUV STRATEGIYALARI

收藏
Zenodo2026-02-11 更新2026-05-26 收录
官方服务:

资源简介:

Yoshga bog‘liq bepushtlik (advanced-age infertility) — bu ayol yoki erkak reproduktiv yoshining o‘tishi bilan homilador bo‘lish imkoniyatining sekin-asta pasayishi natijasida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tibbiy-ijtimoiy muammo. Ushbu maqolada yoshga (ayollar uchun asosan 35-40 yosh va undan yuqori) bog‘liq bepushtlikning sabab-natijalari, profilaktik choralari va boshqaruv strategiyalari tahlil etiladi. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar tahlili va mavjud ilmiy manbalar ko‘rib chiqildi. Asosiy qismda yoshga bog‘liq bepushtlik mexanizmlari, diagnostika va profilaktika choralari, davolash-boshqaruv yondashuvlari bilan birga O‘zbekistonda bu muammoga oid mavjud amaliyotlar ham muhokama qilinadi. Natijalarga ko‘ra, yoshni inobatga olgan reproduktiv maslahatlashuv, vaqtida diagnostika, salomat turmush tarzini targ‘ib qilish hamda individual davolash-reproduktiv rejalashtirish strategiyalari yoshga bog‘liq bepushtlikni kamaytirish va homiladorlik imkoniyatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytganda, yoshga bog‘liq bepushtlikka qarshi kompleks yondashuv — profilaktika, nazorat va boshqaruvni birlashtirgan holda — samarali bo‘lishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务