INTEGRATSIYALASHGAN DARSNI LOYIHALASHTIRISH BOSQICHLARI VA BO'LAJAK PEDAGOGLARNI TAYYORLASHDAGI AHAMIYATI
收藏资源简介:
Annotatsiya. Mazkur maqolada integratsiyalashgan darslarni loyihalashtirishning ilmiy-metodik asoslari hamda uning bosqichlari yoritilgan. Diagnostik, maqsadli, mazmuniy, texnologik, tashkiliy, baholash va refleksiya bosqichlarining mazmuni izchil tahlil qilinib, ularning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, bo‘lajak pedagoglarda darslarni integratsiyalash jarayonida o‘qituvchi faoliyatini loyihalashtirish kompetensiyalarini rivojlantirish, pedagogik dizayn, kompetensiyaviy yondashuv, STEAM, loyiha metodi, raqamli texnologiyalar hamda refleksiv faoliyatning ahamiyati ochib berilgan. Integratsiyalashgan darslarni samarali loyihalashtirish bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorligini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirishning muhim omili sifatida baholangan.



