MEROVINGLAR SULOLASINING DAVRIDA FRANK DAVLATCHILIGIDA TUTGAN O'RNI
收藏Zenodo2026-02-22 更新2026-05-26 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.18731293
下载链接
链接失效反馈官方服务:
资源简介:
Ushbu maqola Merovinglar sulolasining Frank davlatchiligi tarixida tutgan strategik va siyosiy o‘rnini tizimli tarzda tahlil qiladi. Merovinglar sulolasi V asr oxiri – VIII asr boshlarida Yevropada shakllangan birinchi Frank qirolligi siyosiy, ijtimoiy va madaniy strukturalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatganligini ko‘rsatadi. Tadqiqot davomida Merovinglar hokimiyatining shakllanishi, ularning fuqarolar va vasallar bilan munosabatlari, shuningdek, markaziy hokimiyat va mahalliy boshqaruv tizimlari o‘rtasidagi dinamika ilmiy asosda o‘rganildi. Shu bilan birga, maqola Merovinglar davridagi siyosiy meros, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va Frank jamiyatidagi hokimiyat instituti rivojlanishining xronologik va struktural jihatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari Merovinglar sulolasining Frank davlatining poydevorini shakllantirishda tutgan markaziy rolini yoritadi va o‘rta asrlar Yevropasi tarixini chuqur tushunishga xizmat qiladi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-02-22



