five

TURISTIK BREND YARATISH VA HUDUD IMIJINI SHAKLLANTIRISH: NAZARIY-ILMIY TAHLIL VA AMALIY MISOLLAR

收藏
Zenodo2026-05-23 更新2026-05-26 收录
下载链接:
https://zenodo.org/doi/10.5281/zenodo.20351370
下载链接
链接失效反馈
官方服务:
资源简介:
Mazkur maqolada turizm brendini yaratish va hudud imijini shakllantirishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududiy brendlashuvning turizm rivojiga, hududlarning raqobatbardoshligiga va xalqaro turizm bozoridagi mavqeiga ta’siri ilmiy nuqtai nazardan o‘rganilgan. Shuningdek, turizm brendi va hudud imiji tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilib, ularni shakllantirishda marketing kommunikatsiyalari, madaniy-tarixiy meros, turistik infratuzilma va xizmatlar sifatining o‘rni ochib berilgan. Maqolada Barselona, Dubay, Parij kabi xalqaro turistik markazlar hamda O‘zbekistonning Samarqand va Buxoro hududlari misolida hududiy brendlashuv tajribalari tahlil qilingan. Amaliy misollar asosida hudud imijini shakllantirishning samarali mexanizmlari aniqlanib, hududiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari hududiy turizm siyosatini takomillashtirish, turizm marketing strategiyalarini rivojlantirish va turistik hududlarning investitsion hamda iqtisodiy jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-05-23
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务