MENEJMENTDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA ZAMONAVIY MENEJER USLUBI HAMDA IMIDJI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada menejmentda zamonaviy yondashuvlar, zamonaviy menejerning boshqaruv uslubi va professional imidjining tashkilot samaradorligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Raqamli iqtisodiyot, globallashuv va innovatsion texnologiyalarning jadal rivojlanishi menejment tizimida yangi boshqaruv metodlarini joriy etishni talab etmoqda. Tadqiqot davomida miqdoriy va sifat metodlaridan foydalanilib, turli kompaniyalarda menejerlik uslubi va boshqaruv samaradorligi o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘rganildi. Statistik ma’lumotlar asosida zamonaviy menejment yondashuvlarining xodimlar motivatsiyasi, korporativ madaniyat va tashkilot raqobatbardoshligiga ta’siri baholandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, demokratik va innovatsion boshqaruv uslubiga ega menejerlar faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda samaradorlik va jamoaviy hamkorlik yuqori bo‘ladi. Tadqiqot yakunida zamonaviy menejer kompetensiyalarini rivojlantirish va professional imidjni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.



