ROBOTOTEXNIKA TEXNOLOGIYALARINING SANOAT ISHLAB CHIQARISHIDAGI O'RNI VA ISTIQBOLLARI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada robototexnika texnologiyalarining sanoat ishlab chiqarishidagi o‘rni, ularni ishlab chiqarish jarayonlariga joriy etishning afzalliklari hamda istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishda sanoat robotlaridan foydalanishning mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va inson omili ta’sirini minimallashtirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, robototexnika tizimlarini sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va “Sanoat 4.0” konsepsiyasi bilan integratsiyalash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, zamonaviy robototexnika texnologiyalarini sanoat korxonalarida keng qo‘llash ishlab chiqarish samaradorligi va korxonalarning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan.



