遇见数据集

BILINGVIZM (IKKI TILLILIK) VA UNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK OMILLARI

收藏
Zenodo2026-10-31 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Mazkur maqolada bilingvizm, ya’ni ikki tillilik hodisasining nazariy asoslari hamda uning shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy-psixologik omillar tahlil qilinadi. Ikki tillilik shaxsning ikki tildan turli kommunikativ vaziyatlarda foydalanish qobiliyati sifatida talqin qilinib, uning oilaviy muhit, ta’lim tizimi, ijtimoiy munosabatlar, til siyosati, madaniy identifikatsiya va individual motivatsiya bilan aloqasi yoritiladi. Shuningdek, bilingvizmning kognitiv jarayonlar, shaxslararo muloqot, ijtimoiy moslashuv va o‘zlikni anglashga ta’siri nazariy jihatdan ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda tavsifiy, qiyosiy-tahliliy va tizimli tahlil metodlaridan foydalanish asosida ikki tillilikning ijtimoiy muhit va individual psixologik xususiyatlar bilan o‘zaro aloqasi umumlashtiriladi. Tahlil bilingvizmni faqat til kompetensiyasi bilan cheklab bo‘lmasligini, uning rivojlanishida tilga bo‘lgan munosabat, ijtimoiy maqom, kommunikativ ehtiyoj va madaniy mansublik hissi ham muhim o‘rin tutishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari ikki tillilikni ta’lim va ijtimoiy muloqot jarayonlarida qo‘llab-quvvatlash, til o‘rganuvchilarning psixologik ehtiyojlarini hisobga olish hamda ko‘p tilli muhitda ijobiy til munosabatlarini shakllantirish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-10-31
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务