遇见数据集

O'ZBEK TILIDA GENDERGA XOSLANGAN BIRLIKLARNING LISONIY XUSUSIYATLARI: BADIIY ASARLAR MISOLIDA

收藏
Zenodo2026-08-11 更新2026-08-13 收录
官方服务:

资源简介:

Mazkur maqolada o‘zbek tilida genderga xoslangan birliklarning lisoniy, semantik, lingvopragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari o‘zbek badiiy adabiyoti namunalari asosida tadqiq etiladi. Gender tushunchasining biologik jins tushunchasidan farqli jihatlari, uning til tizimida va badiiy matnda namoyon bo‘lish shakllari tahlil qilinadi. O‘zbek tilida grammatik jins kategoriyasi mavjud bo‘lmasa-da, gender mazmunining leksik, frazeologik, semantik, uslubiy va pragmatik vositalar orqali ifodalanishi ko‘rsatib beriladi. Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar”, Cho‘lponning “Kecha va kunduz”, Abdulla Qahhorning “Bemor”, “O‘g‘ri” kabi asarlari hamda O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asaridagi obrazlar misolida erkaklik va ayollik konseptlarining ifodalanishi tahlil qilinadi. Badiiy matnda erkak, ayol, yigit, qiz, ota, ona, er, xotin, kelin, kuyov, mard, jasur, nazokatli, iboli, hayoli, mehribon kabi birliklarning gender semantikasi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida gender birliklari milliy tafakkur, ijtimoiy munosabatlar, oilaviy qadriyatlar va madaniy stereotiplar bilan uzviy bog‘liq ekani asoslanadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-11
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务