KOXLEAR IMPLANTATSIYA OPERATSIYASIDAN KEYINGI REABILITATSIYA MASHG'ULOTLARINI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA LOYIHALASH
收藏资源简介:
Ushbu maqolada koxlear implantatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya mashg'ulotlarini axborot texnologiyalari asosida loyihalashning ilmiy-metodik asoslari yoritiladi. Koxlear implantatsiya eshitish imkoniyatini yaratib bersa-da, bolaning eshitilgan tovushlarni anglash, nutqni tushunish, talaffuz qilish va kommunikativ faoliyatga kirishishi maxsus reabilitatsiya mashg'ulotlari orqali shakllanadi. Maqolada individual reabilitatsiya mashg'ulotlarini diagnostika, maqsad belgilash, raqamli material tanlash, interaktiv topshiriqlar yaratish, monitoring va ota-onalar bilan hamkorlik asosida loyihalash modeli tavsiya etiladi. Axborot texnologiyalari bolada eshituv idroki, fonematik eshituv, nutqni tushunish, talaffuz va ijtimoiy muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita sifatida asoslanadi.



