遇见数据集

ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHI TA'SIRIDA OSHQOZON SHILLIQ QAVATINING BEZLAR APPARATI VA MIKROSIRKULYATSIYASIDAGI MORFOLOGIK O'ZGARISHLAR

收藏
Zenodo2026-11-04 更新2026-11-05 收录
官方服务:

资源简介:

Annotatsiya. Atmosfera havosining mayda dispers zarrachalar bilan ifloslanishi organizmda tizimli yallig‘lanish, oksidlovchi stress va mikrosirkulyator buzilishlar rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Mazkur ilmiy-analitik ishda PM2.5 va boshqa aerozol ifloslantiruvchilarining oshqozon shilliq qavati morfologik holatiga ehtimoliy ta’siri, xususan, bezlar arxitektonikasi, epiteliy hujayralarining strukturaviy o‘zgarishlari va mikrosirkulyatsiya tizimidagi buzilishlar adabiyotlar asosida tahlil qilindi. Shuningdek, shilliq qavatning regenerativ imkoniyatlarini baholashda morfometrik ko‘rsatkichlar hamda Ki-67 va kaspaza-3 immunogistokimyoviy markerlarining ahamiyati yoritildi. Tahlil ushbu ko‘rsatkichlarni kelgusidagi nazoratli eksperimental tadqiqotlarda birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Ishda yangi eksperimental o‘lchovlar keltirilmagan.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-11-04
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务