GASTRIT VA YARA KASALLIKLARINING RIVOJLANISH OMILLARI
收藏资源简介:
Gastrit va oshqozon hamda o‘n ikki barmoqli ichak yarasi zamonaviy tibbiyotda oshqozon-ichak tizimining eng ko‘p uchraydigan surunkali kasalliklaridan hisoblanadi. Ushbu kasalliklar keng tarqalgan bo‘lib, mehnat qobiliyatining pasayishi, hayot sifatining yomonlashuvi va uzoq muddatli davolash zarurati bilan tavsiflanadi. Ilmiy tadqiqotlar gastrit va yara kasalliklarining rivojlanishida bir qator etiologik va patogenetik omillar, jumladan noto‘g‘ri ovqatlanish, stress, zararli odatlar, dori vositalarini nazoratsiz qabul qilish hamda infeksion omillarning muhim rol o‘ynashini ko‘rsatmoqda. Ushbu maqolada gastrit va yara kasalliklarining kelib chiqish mexanizmlari, asosiy xavf omillari va ularning organizmga ta’siri ilmiy manbalar asosida batafsil yoritiladi.



