O'QUVCHILARNI AXBOROT XURUJLARIDAN HIMOYALASHNING NAZARIY ASOSLARI
收藏资源简介:
Ushbu maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida o‘sib kelayotgan yosh avlodni, xususan, o‘quvchilarni turli shakldagi axborot xurujlaridan himoya qilishning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etiladi. Globallashuv jarayonlari jadallashgan davrda axborot makonining transformatsiyasi va uning ta’lim oluvchilar psixologiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada axborot xavfsizligi, kibergigiyena va mediaimmunitet tushunchalarining pedagogik mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot davomida o‘quvchilarda axborotni saralash ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda ta’lim muassasalarida profilaktik chora-tadbirlarni tizimli yo‘lga qo‘yishning ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanadi. Shuningdek, axborot xurujlarining turlari va ularning ma’naviy-axloqiy tahdid sifatida namoyon bo‘lish xususiyatlari yoritiladi.



