遇见数据集

POETICS OF INVESTIGATION AND SOCIAL CONSCIENCE: A COMPARATIVE DISCOURSE ANALYSIS OF DETECTIVE FICTION IN O'LMAS UMARBEKOV'S FOTIMA VA ZUHRA AND ARTHUR CONAN DOYLE'S THE SPECKLED BAND

收藏
Zenodo2026-08-17 更新2026-08-20 收录
官方服务:

资源简介:

Ushbu maqolada O‘lmas Umarbekovning “Fotima va Zuhra” romani va Artur Konan Doylning “The Speckled Band” hikoyasi qiyosiy diskurs tahlili asosida o‘rganiladi. Tadqiqotning asosiy e’tibori detektiv janrida tergov jarayoni, sirni ochish, dalillarni izlash, mantiqiy xulosa chiqarish hamda qahramonlarning nutqiy va kommunikativ strategiyalariga qaratilgan. Har ikki asarda jinoyatni aniqlash jarayoni nafaqat voqealar rivojini ta’minlovchi syujet mexanizmi, balki adolat, axloqiy mas’uliyat va ijtimoiy vijdon masalalarini yorituvchi vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Maqolada tergovchi obrazining shakllanishi, shubha va gumonning diskursiv ifodalanishi, dalillarning taqdim etilishi hamda haqiqatning yuzaga chiqish jarayonidagi lingvopoetik vositalar qiyoslanadi. Shuningdek, o‘zbek va ingliz detektiv adabiyotidagi milliy-madaniy xususiyatlarning tergov poetikasiga ta’siri aniqlanadi. Tadqiqot natijalari har ikki muallif detektiv janrining imkoniyatlaridan foydalanib, jinoyat va sirni ochish bilan bir qatorda insoniy qadriyatlar, adolat va ijtimoiy vijdon masalalarini ham ilgari surganini ko‘rsatadi.

提供机构:
Zenodo
创建时间:
2026-08-17
二维码
社区交流群
二维码
科研交流群
商业服务