INKLYUZIV TA'LIM SHAROITIDA O'QUVCHILARNING IJODIY SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK MEXANIZMI
收藏资源简介:
Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim sharoitida o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmi nazariy jihatdan asoslanadi. Tadqiqotda inklyuziv ta’lim faqat alohida ta’lim ehtiyojlariga ega o‘quvchilarni umumiy ta’lim muhitiga jalb etish masalasi sifatida emas, balki har bir o‘quvchining individual imkoniyatlari, ehtiyojlari va rivojlanish sur’atlarini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini pedagogik jihatdan moslashtirish jarayoni sifatida talqin qilinadi. O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish uchun diagnostika, individual ehtiyojlarni aniqlash, pedagogik moslashtirish, differensial ijodiy topshiriqlar, hamkorlikdagi faoliyat, mustaqil ijodiy ifoda va refleksiyani o‘z ichiga olgan siklik pedagogik mexanizm taklif etiladi. Tadqiqotda “bir xil maqsad — turli pedagogik yo‘l” tamoyili umumiy ta’limiy maqsadlarni saqlagan holda individual pedagogik yondashuvni amalga oshirishning muhim sharti sifatida asoslanadi. Shuningdek, mazkur mexanizmning musiqa ta’limidagi amaliy imkoniyatlari umumiy pedagogik modelni konkretlashtiruvchi kontekst sifatida ko‘rib chiqiladi.



